So’nggi yangiliklar

15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0

20 may 17:42
Yangiliklar

Boshqalar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ishchi guruhi Andijon viloyatida sportni yanada rivojlantirish borasida ko'maklashmoqda

19 may kuni O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh Andijon viloyatida jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, bu borada hududlardagi mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish va pandemiya munosabati bilan ish jarayonlarini tashkil etishda uslubiy yordam ko'rsatish maqsadida viloyatda o'z ish faoliyatini boshladi.


Bunda Andijon viloyati tuman va shaharlarini to'rt hududga bo'lgan holda ishchi guruhning vazifalari belgilab olindi hamda shunga ko'ra yo'l xaritasi ishlab chiqildi.

Bugun tongdan ish faoliyatiga kirishgan ishchi guruhning bir guruh vakillari Andijon viloyatining chekka hududi hisoblangan Xonabod tumanidagi Bolalar-o'smirlar sport maktabi va unga qarashli sport inshootlarining bugungi holatini o'rganishdan boshlagan bo'lsa, ikkinchi guruh vakillari viloyatning Qo'rg'ontepa, Buloqboshi tumanlarida bo'ldi.

Bu hududlarda sport maktablari va sport talim muassasalarining kadrlari salohiyati va trenerlarga bo'lgan ehtiyoji hamda uni bartaraf etish bo'yicha maqsadli qabul bo'yicha takliflari o'rganib chiqilmoqda. SHuningdek, hududlarning sport turlariga ixtisoslashuvi, moddiy texnik bazasining holatini yanada rivojlantirish, sport inventarlari soni va bugungi holati, terma jamoa azolarini shakllantirish masalalari bo'yicha ishchi guruh tuman masullariga yaqindan ko'maklashmoqda.

Bundan tashqari, hududlardagi sport maktablari va sport talim muassasalarining bo'sh er maydonlari va ulardan maqsadli foydalanish rejasi bo'yicha tadbirkorlar tomonidan kiritilayotgan takliflar ham ko'rib chiqilib, ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha tadbirkorlar bilan yuzma-yuz ochiq suhbatlar o'tkazilmoqda.

SHuningdek, Andijon viloyati bo'ylab tashkil etilayotgan jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini respublika bo'ylab ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish jarayonlari o'rganilib, bu bo'yicha amaliy ko'mak berish masalasi tegishlicha hal etilmoqda.

Ertaga ishchi guruh o'z faoliyatini davom ettirib, Jalaquduq, Asaka, Marhamat va Andijon tumanlaridagi holatlarni o'rganib chiqadi.

Yakunda viloyat sportining bugungi holatini o'rgangan holda, hududlardagi taklif va ehtiyojlardan kelib chiqib, ishchi guruh tomonidan Andijon viloyatida sportni yanada ommalashtirish va rivojlantirish bo'yicha maxsus dastur ishlab chiqiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing