So’nggi yangiliklar

14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0

18 noy 19:26
Yangiliklar

Boshqalar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi OAV xodimlarini sport maydoniga chorlaydi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan 28-29 noyabr kunlari OAV xodimlari o'rtasida Do'stlik spartakiadasi sport musobaqalari o'tkazilishini malum qilamiz.

O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan shu yil 28-29 noyabr kunlari ommaviy axborot vositalari xodimlari o'rtasida «Do'stlik spartakiadasi» sport musobaqalari o'tkazilishini malum qilamiz.

Sport musobaqalarida OAV xodimlari badminton (yakkalik va mikst yo'nalishlarida), stol tennisi (yakkalik) hamda voleybol bo'yicha (erkaklar va ayollar) o'zaro musobaqalashadi.

Badminton va stol tennisi bo'yicha musobaqalar O'zbekiston badminton federaciyasida tashkil etilsa, voleybol bahslariga Mirobod tumani 2-sonli bolalar va o'smirlar sport maktabi mezbonlik qiladi.

«Do'stlik spartakiadasi» sport musobaqalarida qatnashish istagida bo'lgan barcha turdagi OAV xodimlari va blogerlardan o'z talabnomalarini joriy yil 25 noyabrga qadar Jismoniy tarbiya va sport vazirligining elektron manzili (info@minsport.uz) yoki

(99) 482-52-12 raqamiga Telegram messenjeri orqali yuborishlaringiz so'raladi.

Unutmang, sog'lom turmush tarziga oshno bo'lgan inson sog'lom fikrlaydi.

Murojaat uchun telefonlar: (71) 239-24-18, (71) 239-24-37

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing