So’nggi yangiliklar

14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0

12 sen 16:16
Yangiliklar

Boshqalar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport talim muassasalarida o'quv yili boshlanmoqda

Teglar :  Sport vazirligi
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport talim muassasalarida o'quv yili boshlanmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 12 avgustdagi 480-son “Olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorlariga muvofiq olimpiya zaxiralari kollejlari, olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari hamda futbol mahorat maktablarida karantin talablaridan kelib chiqib, 2020/2021 o'quv yilida koronavirus pandemiyasi sharoitida o'quvchilar va xodimlar uchun qulay va xavfsiz bo'lgan talim jarayonlarini tashkil etish, shuningdek, o'quvchilar hamda xodimlar salomatligini taminlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport talim muassasalarida 2020/2021 o'quv yili joriy yilning 1 oktyabridan boshlab amalga oshiriladi. 

Sport talimi muassasalari ish faoliyatini yo'lga qo'yishga muassasa rahbari tomonidan o'quvchilarni xavfsiz saqlash uchun tegishli shart-sharoitlarni taminlash to'g'risida imzolangan kafolat xati va Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlarining tegishli qarori mavjud bo'lgan taqdirdagina ruxsat berilishi belgilandi.

Sport talim muassasalari o'z faoliyatlarini “O'zbekiston Respublikasida COVID-19 pandemiyasi davrida umumiy o'rta talim maktablari va o'rta maxsus maktab-internatlarining faoliyatini tashkillashtirish bo'yicha vaqtinchalik sanitariya-epidemiologik talablar” (0375-20 SanQvaM) hamda “O'zbekiston Respublikasida COVID-19 pandemiyasi davrida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi talim muassasalarida o'quv jarayonini tashkil etish bo'yicha vaqtinchalik talablar” asosida amalga oshiradi.

Sport talim muassasalarida talim jarayonlari o'quvchilarning ota-onalari (ularning o'rnini bosuvchi shaxslar)ning xohish-istaklaridan kelib chiqib, ananaviy yoki onlayn (masofaviy) shaklda tashkil etiladi.

Sport talim muassasalarida o'qishni ananaviy shaklda davom ettirish istagini bildirgan o'quvchilarning ota-onalari (yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar)dan yozma rozilik talab etiladi, shuningdek, o'quvchilarga, sog'lig'i to'g'risida malumotnomani taqdim etishi hamda ularning ota-onalaridan yozma rozilik olingandan so'ng, o'qishga kelishlariga ruxsat beriladi.

Joriy yilning 20 sentyabridan boshlab boshqa sport bazalarda (oromgoh, sanatoriya) tasdiqlangan sanitariya-gigiena qoidalari va meyorlariga qatiy amal qilgan holda tegishli tashkilotlarning ruxsati bilan o'quv-mashq yig'inlarini tashkil etishga ruxsat etiladi.

Sport talim muassasalari trener-o'qituvchilari tomonidan o'zlariga biriktirilgan o'quvchilarga sport mashg'ulotlari jadvalidan kelib chiqib, sport turlari bo'yicha amaliy mashg'ulot vazifalarini vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan videoroliklar ko'rinishida onlayn (masofaviy) shaklda berib borish va berilgan vazifalar hamda normativlarni o'quvchilar tomonidan bajarilishini nazorat qilib borish yo'lga qo'yilmoqda.

Ishchi guruh sport talim muassasalarining 2020/2021 o'quv yili jarayoni va o'quv-mashq yig'inlarini tasdiqlangan sanitariya-gigiena qoidalari va meyorlariga qatiy amal qilgan holda tashkil etilishini joyiga chiqqan holda o'rganadi va doimiy ravishda nazorat qiladi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing