So’nggi yangiliklar

15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0

08 may 18:29
Yangiliklar

Boshqalar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan qariyb 600 million so'mlik sahovat ko'rsatildi

COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda fuqarolarimizni ruhan qo'llab-quvvatlash maqsadida “O'zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondi tashkil etilganidan xabaringiz bor.

Bugungi sinovli kunlarda yurtdoshlarimiz koronavirus pandemiyasidan jabr chekkan aholini har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida sahovat ko'rsatishmoqda.

Xayrli ishdan O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar ham chetda qolayotgani yo'q. Mamlakatimiz sport jamoatchiligi ham xalqimiz boshiga musibat tushgan shu kunlarda ular bilan bir tanu bir jon ekanligini namoyish etishmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari tomonidan “O'zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga jami 599 120 115 (besh yuz to'qson to'qqiz million bir yuz yigirma ming bir yuz o'n besh) so'm miqdoridagi mablag' xayriya tarzida o'tkazib berildi.

Sahovatli sportchi va trenerlarimiz ham mazkur akciyada faol ishtirok etishmoqda. Bunga Mirjalol Qosimov, Odil Ahmedov, Otabek SHukurov va boshqa ko'plab sport sohasi vakillarining koronavirus pandemiyasidan aziyat chekayotgan aholini qo'llab-quvvatlash yo'lida ko'rsatayotgan beg'araz yordamlarini misol keltirish mumkin.

Albatta, davlatimiz g'amxo'rligi natijasida hech kim hech narsaga muhtojlik sezgani yo'q, bunday bo'lmaydi ham. Zero, bag'rikeng xalqimiz sinovli kunlarda hech qachon bir-birini yolg'izlatib qo'ymaydi. Bu kabi akciyalar sinovli damlarda xalqimizni yanada jipslashtirib, ular o'rtasida hamjihatlikni kuchaytiradi, har qanday vaziyatda ham har bir inson davlat va jamiyat etiboridan chetda qolmasligini amalda isbotlaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing