03 may 08:14
Yangiliklar
SHaxmat

Jismoniy tarbiya va sport vazirligidan yana bir mega akciya
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan karantin davrida sport ixlosmandlari uchun yana bir onlayn musobaqa tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 11 mayidan 20 mayiga qadar havaskorlar o'rtasida shaxmat bo'yicha “Uyda qol va g'olib bo'l!” shiori ostida birinchi onlayn O'zbekiston chempionati o'tkaziladi va unda respublikamizning barcha hududlaridan xohlovchilar ishtirok etishi mumkin.
Musobaqa ishtirokchilarining yoshi chegaralanmagan. Onlayn musobaqa g'oliblari 3 mln so'm pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Musobaqada qatnashish istagida bo'lgan havaskorlar www.chess.com saytiga kirib, ro'yxatdan o'tishlari lozim.
Karantin davrini uyda qolib, sport bilan mazmunli o'tkazing. Onlayn musobaqada ishtirok eting hamda 10 nafar g'olib qatorida 3 mln so'm yutib olish imkoniyatini qo'ldan chiqarmang!
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar