27 okt 21:04
Yangiliklar
Boshqalar
Jiu-jitsuchilarimiz jahon chempionatidan 7 ta medal bilan qaytishdi
Xabar berib o'tganimizdek, jiu-jitsuchilarimiz Ukraina poytaxti Kiev shahrida o'tkazilgan jahon chempionatida ishtirok etishdi.
Mazkur Jaxon chempionatida terma jamoamiz vakillari ham ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qildilar.
Musobaqada hamyurtlarimiz 1 tadan oltin va kumush, shuningdek, 5 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. Vakillarimizdan Mironshox Asatullaev «full-contact» yo'nalishi (-70kg vazn toifasida) shohsupaning yuqori pog'onasiga ko'tarilgan bo'lsa, «close-contact» yo'nalishi bo'yicha kumush medal bilan taqdirlandi. SHuningdek, Aslidin Nabiev (-63kg),
Saidaliakbar Yusupov (-63kg), Maqsad Tashmuratov (-77kg), Jo'rabek Qobilov (-77kg) hamda Emil Useinov (+92kg) musobaqaning bronza medallariga sazovor bo'lishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar