18 sen 10:41
        Yangiliklar	
	
				
				    Boshqalar			    
				 
				
			 
				Jiu-jitsuchilarimiz Osiyo chempionatida 4 ta oltin medal qo'lga kiritishdi
13-16 sentyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrda jiu-jitsu bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tdi. 
			Avvalroq ushbu bahslarda O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etgani haqida xabar qilgandik.
Musobaqa yakuniga ko'ra, terma jamoamiz azolari 4 ta oltin, 2 ta bronza medallariga sazovor bo'lishdi.
Terma jamoamiz safida Bahromjon Mashrapov (ikkita vazn otoifasida) ikkita oltin medalga ega chiqqan bo'lsa, Feruzbek O'roqov va Sarvarbek Rahmonberdiev ham terma jamoamiz hisobiga "tilla" qo'shib qo'ydi.
SHuningdek Jo'rabek Qobilov va Aziza Xontemirova musobaqaning bronza medaliga sazovor bo'ldi.

            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar