09 apr 16:51
Yangiliklar

Joau Feliks La Ligada oyning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi
La Liga mart oyi yakunlariga ko'ra chempionatning eng yaxshi o'yinchisini malum qildi.
Bu nomga "Atletiko" forvardi Joau Feliks loyiq deb topildi. Bu haqda La Liga rasmiy sayti xabar bermoqda.
U mart oyida madridliklar tarkibida 4ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Mukofot uchun shuningdek "Barselona" hujumchisi Per-Emerik Obameyang va "Real" forvardi Karim Benzema davogarlik qilishgan edi.
Havola :
Manba : laliga.com
Fikrlar