31 avg 12:08
Yangiliklar
Tennis
Jokovich 20 yilda ilk bor "Katta Dubulg'a" turniri startidayoq mag'lub bo'ldi
"Katta Dubulg'a" turnirlarining 24 karra chempioni, dunyoning beshinchi raketkasi Novak Jokovich 2006 yildan beri ilk bor "Katta Dubulg'a" turnirining birinchi davrasida imkoniyatni boy berdi.
Serbiyalik 39 yoshli Jokovich kutilmaganda US Open 2026 turnirining birinchi bosqichida dunyoning 49-raketkasi, argentinalik Mariano Navonega 6:7 (5), 7:5, 6:4, 2:6, 1:6 hisobida yutqazib qo'ydi.
Jokovich va Navone o'rtasidagi uchrashuv 4 soatu 40 daqiqa davom etdi. Bu Jokovich faoliyatidagi "Katta Dubulg'a" turnirlarining startida o'tkazilgan eng uzoq davom etgan bahs bo'ldi. Novak oxirgi marta "Katta Dubulg'a" turnirining ilk bosqichida 2006 yilda Avstraliya Ochiq chempionatida mag'lub bo'lgandi. O'shanda Jokovich amerikalik Pol Goldstinga to'rt set natijasiga ko'ra imkoniyatni boy bergan edi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar