28 jan 07:51
Yangiliklar
Tennis
Jokovich Australian Open turniridan qancha ishlab oldi?
Dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovich kecha yakunlangan Avstraliya Ochiq chempionati g'olibiga aylangan edi.
Serbiyalik tennischi hal qiluvchi final uchrashuvida azaliy raqibi ispaniyalik Rafael Nadalni 6/3, 6/2, 6/3 hisobida mag'lub etgandi. Ikki tennischining o'zaro uchrashuvlardagi hisobi 28:25 ko'rinishiga keldi. Jokovich kechagi bahsdan so'ng ustunlikni oshirib oldi.
Australian Open turniridagi muvaffiqiyatli ishtirok Jokovichga faoliyatidagi 73-sovrinni taqdim etdi. Bu Novakning “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi 15-tituli edi. U endi 7 karra Avstraliya Ochiq chempionati g'olibi!
Ikki haftalik muvaffaqiyatli ishtirok serbiyalikka 2000 reyting ochkosi hamda 4,1 million AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini taqdim etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar