10 jan 11:57
Yangiliklar
Tennis

Jokovich Kuyongdagi ko'rgazmali turnirda Timni mag'lub etdi
Dunyoning sobiq birinchi raketkasi Novak Jokovich Avstraliyaning Kuyong shahrida o'tkazilayotgan ko'rgazmali turnirda avstriyalik Dominik Timga qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 4 daqiqa davom etgan bahsda serbiyalik tennischi raqibini 6:1, 6:4 hisobida mag'lub etdi. Jokovich jarohati tufayli Abu-Dabi va Dohadagi turnirlarda ishtirok eta olmagandi.
Kuyongdagi ko'rgazmali turnirning ikkinchi
qarama-qarshiligida xorvatiyalik Marin CHilich avstraliyalik Mettyu Ebdenga 7:6 (7:3), 4:6,
5:7 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Ayollar o'rtasidagi yagona uchrashuvda esa shveycariyalik Belinda Benchich xitoylik Sinyuy Vandan 7:6 (7:5), 6:4 hisobida ustun keldi.
Havola :
Fikrlar