30 dek 09:27
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/25693_220.jpg)
Jokovichning jarohati yangi mavsum rejalarini o'zgartirib yubordi
Dunyoning sobiq birinchi raketkasi Novak Jokovichning jarohati uning yangi mavsum uchun belgilab olgan rejalarini o'zgartirib yubordi.
Serbiyalik tennischi aynan jarohat sabab BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida o'tkaziladigan ko'rgazmali turnirda ishtirok eta olmaydi. Novak qo'lidagi jarohat sabab Uimbldon turniridan so'ng kortga chiqmay kelyapti.
SHifokorlar Jokovichga hozircha tennis o'ynamaslikni
maslahat berishdi. Tez orada Novakning qachon va qaysi turnirda kortga qaytishi
malum qilinadi. Katta ehtimol bilan u Avstraliya Ochiq chempionatini ham o'tkazib yuboradi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar