21 dek 08:22
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Doha turniridagi ishtirokini yakunladi
Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir davom etmoqda.
6th Qatar ITF Futures 2017 musobaqasida hamyurtimiz Jo'rabek Karimov ham ishtirok etayotgandi. Avvaliga yakkalikning ikkinchi davrasida mag'lubiyatga uchragan hamyurtimiz kecha oqshom juftlikda ham yutqazib qo'ydi.
Hindistonlik Kadxe bilan uchinchi raqamli juftlikni
hosil qilgan Jo'rabek chorak final uchrashuvida shveciyalik tennischilar - Markus
Eriksson va Sem Teylor hamkorligiga 2:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi va
musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar