04 sen 07:45
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Karimov bu hafta Serbiyadagi turnirda
Bugun Serbiyaning Novi Sad shahrida o'tkazilatgan tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollaridan iborat turnirda so'nggi saralash uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
Ushbu “Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqada hamyurtimiz Jo'rabek Karimov ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi. Istedodli tennischimiz to'g'ridan-to'g'ri asosiy to'rdan ishtirokini boshlaydi.
Bugungi saralash bahslaridan so'ng asosiy asosiy to'rga qura tashlanadi. Jo'rabek o'tgan hafta Serbiyaning Zlatibor shahrida o'tkazilgan turnirda chorak finalga qadar etib borgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar