07 noy 18:51
Yangiliklar
Tennis
Jo'rabek Karimov Greciyada ikkinchi raketkaga qarshi kortga chiqdi
Greciyaning Iraklion shahrida tennis bo'yicha erkaklar o'rtasida "Fyuchers" turniri davom etmoqda.
Mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqada istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov ham o'z omadini sinab ko'ryapti. Ilk davrada isroillik Jordan Xassonni 6:4, 6:3 hisobida mag'lub etgan hamyurtimiz bundan bir necha daqiqa avval ikkinchi bosqich uchrashuvida kortga chiqdi.
Karimovning raqibi turnirning ikkinchi raketkasi, ATP reytingida 472-pog'onani band etib turgan isroillik Yshay Oliel bo'ldi. Ikki soatu 17 daqiqa davom etgan uchrashuvda 19 yoshli Oliel 1:6, 6:3, 6:4 hisobida g'alaba qozonib, chorak finalga yo'l oldi. 21 yoshli Jo'rabek esa reytingda 629-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar