21 okt 08:26
Yangiliklar
![](/upload/storage/21164_220.jpg)
Jo'rabek Karimov Malayziyadagi turnir finaliga chiqdi
Bundan bir necha daqiqa avval hamyurtimiz sovrin jamg'armasi 15 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning yakkalik bahslari yarim final uchrashuvida kortga chiqdi. Uning raqibi yaponiyalik Tanuma Riyota bo'ldi.
Bir soatu 25 daqiqa davom etgan bahsda Jo'rabek raqibini 6:4, 6:2 hisobida mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'llanma oldi. Karimov kecha chorak finalda turnirning uchinchi raketkasi qozog'istonlik Denis Evseevdan 6:1, 6:1 hisobida ustun kelgandi.
Etiborlisi,
Jo'rabek Karimov yarim finalgacha bo'lgan barcha raqiblarini bir xil 6:1, 6:1
hisoblarida mag'lub etishning uddasidan chiqqandi. Bu safar biroz anana buzildi.
Tanuma dunyo reytingida 914, Evseev 514, Jo'rabek esa 1030-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar