06 dek 08:23
Yangiliklar

Jo'rabek Karimov Qatar turniri yakkaligida kortga chiqdi
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu turnirda istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov ham ishtirok etyapti. Hamyurtimiz juftliklar musobaqasida mag'lubiyatga uchragan edi.
Qura natijasiga ko'ra tennischimiz yakkalikning ilk davrasida qatarlik Jabbor Al-Mutavaga qarshi kortga chiqdi va raqibini 6:1, 3:6, 6:2 hisobida taslim etdi. Qatarlik tennischi asosiy to'r bahslariga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan edi.
Endi Jo'rabek Karimov chorak final chiptasi uchun kechadigan uchrashuvda shveciyalik Markus Eriksonga qarshi kortga chiqadi. Turnirning uchinchi raketkasi bo'lgan shved tennischisi kecha ilk davrada rossiyalik Aslan Karacevni 6:4, 2:6, 6:3 hisobida engdi.
Fikrlar