12 mar 10:20
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Karimov Serbiyada mashg'ulot o'tkazyapti
SHu kunlarda istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov Serbiyada o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazyapti.
Terma jamoamiz azosi uchun Serbiyadagi yig'in dastlabkisi emas. Jo'rabek o'tgan yilning dekabr oyida to'rt hafta mobaynida Belgradda mashhur serbiyalik tennischi Yanko Tipsarevich bilan birga mashg'ulotda ishtirok etgandi.
“Dekabr oyida to'rt hafta davomida mashg'ulot o'tkazgandim. Menga bunday imkoniyatni yaratib bergan Yanko Tipsarevich va uning jamoasiga, tennis akademiyasiga minnatdorchilik bildiraman.
O'ylaymanki, Serbiyada o'tkazayotgan mashaqqatli mehnat yangi turnirlarda menga yordam beradi”, - dedi Jo'rabek.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar