14 dek 07:41
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/24697_220.jpg)
Jo'rabek o'zidan 227 pog'ona yuqoridagi tennischini mag'lub etdi
Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir davom etmoqda.
“Qatar Fyuchers 5” nomli musobaqaning asosiy to'r bahslarida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Jo'rabek Karimov ikkinchi davra uchrashuvini o'tkazdi. Tennischimizning raqibi turnirning sakkizinchi raketkasi, franciyalik Entoni Eskoffier bo'ldi.
Uchrashuvda Jo'rabek raqibini 6:4, 6:1 hisobida mag'lub
etib, chorak finalga chiqdi. Endi Karimov yarim final chiptasi uchun kechadigan
bahsda germaniyalik Jorj van Massovga qarshi kortga chiqadi.
Taqqoslash
uchun, Jo'rabek Karimov dunyo reytingida 614, Eskofier esa 387-o'rinni egallab
turibdi. Jo'rabekning bugungi raqibi kecha turnirning uchinchi raketkasi shveciyalik
Markus Erikssondan 4:6, 6:4, 6:3 hisobida ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar