01 sen 09:25
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Serbiyadagi turnirda ikkinchi g'alabasiga erishdi
Serbiyaning Zlatibor shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Ushbu “Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqada hamyurtimiz Jo'rabek Karimov ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Istedodli tennischimiz ilk davrada shveycariyalik Maksimilyan Gatev 6:4, 6:2 hisobida mag'lub etgandi.
Terma jamoamiz azosi
chorak final chiptasi uchun kechgan uchrashuvda turnirning beshinchi raketkasi,
chernogoriyalik Lyubomir CHelobikka qarshi bahs olib bordi va 6:2, 7:6(2) hisobida
zafar quchdi. Uning chorak finaldagi raqibi turnirning uchinchi raketkasi,
xorvatiyalik Nino Serdarusich bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
Axir chet elda trinovka qiletgandiku birdan yoq bob ketti
Damm olgan desak unda nega trinovka qildi chet elda