29 sen 11:40
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek turnirning 1-raketkasini engib, yarim finalga chiqdi, Sanjar ham
Qozog'istonning CHimkent shahrida davom etayotgan tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollaridan iborat turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Bugun ushbu musobaqada yarim finalchilar aniqlanmoqda. Turnirning uchinchi raketkasi sifatida etirof etilgan hamyurtimiz Sanjar Fayziev bugun chorak finalda Viktor Baludani 7:6(3), 6:4 hisobida mag'lub etdi. Rossiyalik bu tennischi turnirning oltinchi raketkasi hisoblanardi.
Yana bir tennischimiz Jo'rabek Karimov ham bugun yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Turnirning ettinchi raketkasi bo'lgan Jo'rabek chorak finalda musobaqaning birinchi raqamli tennischisi bolgariyalik Dimitar Kuzmanovni 2:6, 7:6(6), 6:4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar