28 sen 11:25
Yangiliklar

Jo'rabek va Sanjar CHimkentdagi turnirning chorak finalida
Bugun ushbu musobaqada chorak finalchilar aniqlanmoqda. Turnirning uchinchi raketkasi sifatida etirof etilgan hamyurtimiz Sanjar Fayziev bugun ikkinchi davra uchrashuvida belaruslik Maksim Tibarni 6:0, 6:2 hisobida mag'lub etdi.
Endi Fayziev yarim final chiptasi uchun Viktor Baludaga qarshi kortga chiqadi. Rossiyalik bu tennischi turnirning oltinchi raketkasi hisoblanadi.
Baluda bugun hamyurti Kristian Lozandan ikki setda ham bir xil 6:4 hisobida ustun keldi.
Yana bir tennischimiz Jo'rabek Karimov ham bugun chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Turnirning ettinchi raketkasi bo'lgan Jo'rabek ikkinchi davrada rossiyalik Sergey Dorojkinni engdi. Aniqrog'i, beshinchi setdan so'ng Dorojkin bahsni davom ettira olmasligini malum qildi.
Fikrlar