13 dek 07:46
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek yakkalikda italiyalik tennischini mag'lub etdi
Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir davom etmoqda.
“Qatar Fyuchers 5” nomli musobaqaning asosiy to'r bahslarida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Jo'rabek Karimov ilk davra uchrashuvini o'tkazdi. Tennischimizning raqibi saralash turniri g'oliblaridan biri italiyalik Mirko Kutuli bo'ldi.
Bir soatu 47 daqiqa davom etgan uchrashuvda Jo'rabek
raqibini 7:5, 6:3 hisobida mag'lub etdi. Bugun Karimov ikkinchi bosqichda
turnirning sakkizinchi raketkasi, franciyalik Entoni Eskoffierga qarshi kortga
chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar