21 okt 09:54
Yangiliklar

Jo'rabekning bosh mukofot uchun bahsdagi raqibi malum
Hamyurtimiz sovrin jamg'armasi 15 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning yakkalik bahslari yarim final uchrashuvida yaponiyalik Tanuma Riyotani 6:4, 6:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi. Bir necha daqiqa avval uning finaldagi raqibi ham malum bo'ldi.
Unga ko'ra, bosh mukofot uchun bahs AQSH vakili Evan Song hamda o'zbekistonlik Jo'rabek Karimov o'rtasida bo'lib o'tadi. Turnirda to'rtinchi raqam ostida tasniflangan Song yarim finalda musobaqaning birinchi raketkasi italiyalik Alessandro Begani 6:4, 6:2 hisobida taslim etdi.
Taqqoslash uchun, Tanuma dunyo reytingida 914, Song 584, Bega 335, Jo'rabek esa 1030-o'rinni egallab turibdi. Karimov - Song uchrashuvi bizning vaqt bilan ertaga tongda bo'lib o'tadi.
Fikrlar