26 okt 09:36
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabekning chorak finaldagi raqibi malum
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnir davom etmoqda.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqada ishtirok etayotgan hamyurtimiz Jo'rabek Karimov yakkalik bahslarida chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritgandi. Uning yarim final chiptasi uchun kechadigan uchrashuvdagi raqibi malum bo'ldi.
Hindistonlik Arjun Kadxe turnirning ikkinchi raketkasi Denis Evseevni mag'lubiyatga uchratdi. Aniqrog'i, qozog'istonlik tennischi ikkinchi setning ikkinchi geymidan so'ng bahsni davom ettira olmasligini malum qildi. Bu vaqtga kelib Kadxe 7:5, 2:0 hisobida oldinda borayotgandi.
Malumot uchun, o'tgan hafta Malayziyadagi turnirda bosh
mukofotni qo'lga kiritgan 19 yoshli Jo'rabek dunyo reytingida 1029, 23 yoshli Kadxe 796-o'rinni
egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar