11 dek 12:04
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabekning raqibi saralash turniri g'oliblaridan biri bo'ladi
Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirning saralash bahslari davom etmoqda.
“Qatar Fyuchers 5” nomli musobaqaning saralash bahslarida ishtirok etgan hamyurtimiz Saidalo Saidkarimov italiyalik Andrea Guerrieriga qarshi kortga chiqib, 53 daqiqa davom etgan bahsda 1:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Endi hamyurtlarimizdan ushbu turnirning asosiy to'r
bahslarida Jo'rabek Karimov o'z mahoratini namoyish etadi. Jo'rabekning raqibi
bugun aniqlanadi va bu tennischi saralashda g'alaba qozongan raketka ustalaridan
biri bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar