17 iyu 17:41
Yangiliklar
Futbol

Jorj-Kevin Nkudu – “Tottenxem” futbolchisi!
Londonning “Tottenxem” klubi Marselning “Olimpik” klubi hujumkor yarim himoyachisi Jorj-Kevin Nkuduni o'z safiga qo'shib oldi.
“SHporlar” 21 yoshli futbolchi uchun 13 mln. evro to'lashdi. Nkudu marselliklar tarkibida bor yo'g'i bitta mavsum o'ynadi. Unga qadar yarim himoyachi Franciyaning boshqa bir jamoasi “Nant” sharafini himoya qilgandi.
“Marsel” o'shanda Jorj-Kevinni 1,5 mln. evro evaziga xarid qilgandi. O'tgan mavsumda vinger “Marsel” tarkibida barcha turnirlarda jami 41ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 10ta to'p kiritgandi.
Havola :
Fikrlar