31 dek 12:14
Yangiliklar
Futbol

Joze Mourino: Lukaku kamida ikkita o'yinni o'tkazib yuboradi
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino jarohatlar haqida gapirdi.
Kecha "Sautgempton" klubiga qarshi kechgan uchrashuvda "Qizil iblislar" nursiz durangga imzo chekishgandi. O'sha o'yinda Romelu Lukaku to'qnashuv natijasida boshidan jiddiy jarohat olgan va uni shifokorlar maydondan zambilda olib chiqib ketishgan edi.
Lukaku kamida ikkita o'yinni o'tkazib yuborsa kerak. Odatda shunday bo'ladi. Ibragimovich taxminan bir oyga safdan chiqdi. Yanvar oyida yangi futbolchilar sotib olinishi mumkin, – dedi Mourino.
Havola :
Fikrlar