26 jan 10:01
Yangiliklar
Jumaev CHennayda chempion bilan bir xil ochko to'pladi, lekin 4-o'rinni egalladi, sobiq hamyurtimiz esa uchinchi bo'ldi!
O'z tarixida o'ninchi bor tashkil etilgan Chennai Open International turnirida 22 davlatdan 267 nafar shaxmatchi ishtirok etdi. Ular orasida o'zbekistonlik xalqaro grossmeyster Marat Jumaev (2434) ham nisbatan olganda muvaffaqiyatli dona surdi.
Etiborlisi, turnir g'olibi kabi 10 imkoniyatdan 8 ochko jamg'argan hamyurtimiz yakunda qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 4-o'rin bilan kifoyalandi. Yakunda bir yo'la besh nafar ishtirokchi hisobida 8 ochkodan bor edi. Ana shu besh nafar shaxmatchi orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lgan hindistonlik Laxman CHennay turniri g'olibiga aylandi.
Rossiyalik Ivan Rozum kumush, sobiq hamyurtimiz ayni paytda AQSH sharafini himoya qilayotgan Timur Gareev bronza medali bilan taqdirlandi. Gareev so'nggi turda 8 ochkoga ega bo'lib turgan Rozumni mag'lub etishning uddasidan chiqdi.
Samarqandlik
grossmeyster Marat Jumaev esa so'nggi 10-turda qora donalarda o'ynashiga qaramay,
o'zi singari 7 ochkoga ega bo'lib turgan ispaniyalik Markos Vega Lanezani taslim
etdi.
Fikrlar