24 jan 13:02
Yangiliklar
Jumaev CHennaydagi turnirda muvaffaqiyatli dona suryapti
10th Chennai Open International Grandmaster Chess Tournament 2018 for Sakthi Group Dr. N. Mahalingam Trophy musobaqasida 22 davlatdan 267 nafar shaxmatchi dona suryapti. Ishtirokchilarning 16 nafari xalqaro grossmeyster ekani turnir nufuzidan darak beradi.
SHveycarca tizimda o'tkazilayotgan musobaqada
o'zbekistonlik xalqaro grossmeyster Marat Jumaev (2434) ham ishtirok etyapti. Hamyurtimiz
kecha o'tkazilgan 8-turda gollandiyalik xalqaro grossmeyster Sergey Tivyakov (2584)ni
mag'lubiyatga uchratdi.
Bugun samarqandlik grossmeyster 9-turda hindistonlik
Visaxga qarshi qora donalarda o'ynaydi. Bugungi uchrashuv oldidan har ikki shaxmatchi
hisobida 6,5tadan ochko bor. Qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra, Visax uchinchi, Jumaev
to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar