01 dek 11:52
Yangiliklar
Boks/MMA
Kallum Smit Beterbievdan qabul qilgan mag'lubiyatidan keyin ringga qaytdi
Buyuk Britaniyaning Birmingem shahrida professional boks turniri tashkil etildi.
Oqshom doirasida ikkinchi o'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Kallum Smit ham navbatdagi jangini o'tkazdi. Britaniyalik bokschi shu yil yanvar oyida yarimog'ir vaznda mutlaq jahon chempioni Artur Beterbievdan mag'lubiyat qabul qilib olgan edi.
Smit sakkiz raundlik jangda kolumbiyalik Karlos Galvanga qarshi ringga ko'tarildi. Kallum uchinchi va beshinchi raundlarda raqibini nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. Ikkinchi nokdaundan keyin referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi.
Havola :
Fikrlar