03 noy 10:21
Yangiliklar

Kamaru Usman, Jastin Getji, Maykl CHendler oktagonga chiqadigan UFC 268 turniri O'zbekistonda namoyish etiladi
UFC promousheni tomonidan o'tkazilayotgan ushbu raqamli turnirni UZREPORT telekanali orqali O'zbekistonda jonli efirda namoyish etiladi. Oqshomning markaziy jangida yarimo'rta vazn toifasida UFC kamari sohibi Kamaru Usman davogar Kolbi Kovingtonga qarshi oktagonga ko'tariladi. Usman shuningdek, vazn toifasidan qatiy nazar P4P reytingi peshqadami ham hisoblanadi.
Anderkard kard revansh maqomida bo'lib, unda ayollar o'rtasida engil vazn chempioni Rouz Namayunas ushbu kamarning sobiq sohibasi xitoylik Jan Veyli bilan to'qnash keladi. CHarlz Oliveyra chempion bo'lib turgan vaznning pancherlari va shu bilan birga kamar uchun potencial davogarlari hisoblangan Jastin Getji - Maykl CHendler jangi ham markaziy bahsdan qolishmaydi.
UFC 268. Asosiy kard:
Kamaru Usman – Kolbi Kovington
Veyli CHjan – Rouz Namayunas
Maykl CHendler – Jastin Getji
Lyuk Rokxold – SHon Striklend
Frenki Edgar – Marlon Vera
El Yakvinta – Bobbi Grin
Jermeyn de Rendami – Iren Aldana.
Fikrlar