So’nggi yangiliklar

13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0

27 iyu 11:40
Yangiliklar

SHaxmat

Kambek amalga oshirgan Sindarov 1,5 mln dollarlik turnirning asosiy bahslari ishtirokchisiga aylandi

SHu tariqa, Esports World Cup Chess turnirida Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorov yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 1 million 550 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi nufuzli turnirning saralash bahslari bo'lib o'tdi. 

Esports World Cup Chess turnirining asosiy ishtirokchilari, yani turnirda to'g'ridan-to'g'ri qatnashuvchi shaxmatchilar nomi allaqachon malum bo'lib ulgurgan. Yana to'rt nafar qatnashchi ikki bosqichdan iborat saralash o'yinlari orqali asosiy bosqichga chiqish uchun kurash olib borishdi.    

EWC Chess – Last Chance Qualifier formati 4 ta alohida guruhda 9 turdan iborat shveycarcha tizimda o'tkazildi. Guruhlarda kuchli to'rtlikdan o'rin olgan shaxmatchilar pley‑offga yo'l olishdi. Ushbu saralash bosqichida hamyurtlarimizdan Javohir Sindarov va Nodirbek Yakubboev ham o'z omadii sinab ko'rdi. 

Yakubboevning 5 ochko bilan o'z guruhida 5-o'rinni egallab, hal qiluvchi pley-off bosqichiga yo'llanmani qo'lga kirita olmagani haqida xabar bergan edik. Sindarov esa haqiqiy matonat ko'rsatib, asosiy turnirga yo'llanma oldi. Javohir kuchli grossmeysterlar jam bo'lgan S guruhida 5,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 3-o'rinni egallab, pley-offga yo'l olgandi. 

U avvaliga reytingda o'zidan yuqorida borayotgan serbiyalik grossmeyster Aleksey Saranani 1,5:0,5, keyin blic bo'yicha ikki karra jahon chempioni Aleksey Grishukni xuddi shu hisobda mag'lubiyatga uchratdi. Asosiy turnirga yo'llanma beruvchi hal qiluvchi uchrashuvda esa amerikalik Hans Niemanndan kambek evaziga ustun keldi. 0,5:1,5 hisobida yutqazayotgan Javohir avvaliga durang o'ynadi, keyin esa reytingda o'zidan yuqorida borayotgan raqibini engib, muvozanatni tikladi. Hal qiluvchi armagedon partiyasida esa Sindarov qora donalarda o'ynab, o'zi uchun kerakli durang natijani qayd eta oldi.         

Malumot uchun, Esports World Cup Chess turnirida Nodirbek Abdusattorov to'g'ridan-to'g'ri asosiy bahslarda ishtirok etadi. Asosiy musobaqa 29 iyul kuni start oladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing