24 noy 14:02
Yangiliklar
Kambosos Teofimo Lopesni keskin tanqid qildi
"Teofimo mag'lubiyatni qabul qila olmaydi. Men uni kaltaklab, mag'lubiyatga uchratdim. Unga tibbiy muammolar emas, men zarar etkazganman. Dalil bormi? Bo'lsa menga ko'rsating. Ular yig'lashda davom etmoqda. Nimagaligini bilasizmi? Sababi men uni mag'lub etganman. Teofimo hech qachon oldingidek bo'la olmaydi.
Qizig'i shundaki, Lopesning otasi u bilan bo'lgan jangimizdan oldin pullik translyaciyalar qirollari ekanligini aytgan edi. Lekin, u pullik translyaciyalar nima ekanini ham bilmaydi. Teofimo o'zi xohlagan odamga hurmatsizlik qilishi mumkin, lekin uning oxirgi jangiga qancha odam tashrif buyurdi? 1600 ta adashmasam? Mening debyut jangimda ko'proq odam kelgan", - dedi Kambosos o'z intervyusida.
Eslatib o'tamiz, 2021 yil noyabr oyida Teofimo Lopes Jorj Kambososga ochkolar hisobida mag'lub bo'lgandi.
Fikrlar