21 dek 11:15
Yangiliklar
Futbol

Kamerun terma jamoasining 7 futbolchisi Afrika kubogiga bormoqchi emas
Kamerun terma jamoasining 7 nafar futbolchisi yanvar oyida bo'lib o'tadigan Afrika millatlar kubogida ishtirok etmoqchi emas.
Andre Onana (“Ayaks”), Gi Rolan Ndi Assembe (“Nansi”), Joel Matip (“Liverpul”), Allan Nom (“Vest Bromvich”), Ibragim Amadu (“Lill”), Maksim Pundj (“Bordo”) va Andre Angissa (“Marsel”) mavsum o'rtasidagi musobaqaga borishni istashmayapti.
Matipning terma jamoa rahbariyati bilan munosabati yaxshi emas, Pundj esa Franciya terma jamoasiida o'ynamoqchi. Qolgan futbolchilar esa shunchaki o'z klublari safida asosiy tarkibni o'rnini saqlab qolishmoqchi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar