01 dek 11:30
Yangiliklar
Tennis
Kamola va Arina Tailanddagi yurishlarini to'xtatishdi
Tailandning Xua Xin shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir davom etmoqda.
Ushbu musobaqada ikki tennischimiz – Kamola Umarova va Arina Folc ham ishtirok etayotgan edi. Afsuski, ularning har ikkalalari ham mag'lubiyatga uchrab, turnirdagi ishtiroklarini to'xtatishdi.
Kamola Umarova ikkinchi davrada turnirning oltinchi raketkasi, serbiyalik Natalya Kostichga 4:6, 0:6 hisobida yutqazdi. Arina Folc esa kutilmaganda kambodjalik Andrea Kaga 4:6, 7:6(3), 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar