01 avg 15:27
Yangiliklar
Tennis

Kamola va Laylo Turkiyadagi turnirda kortga chiqishdi
Istedodli tennischilarimiz Laylo Bahodirova va Kamola Umarova Turkiyadagi “Fyuchers” turnirida ishtirok etishyapti.
Istanbul shahri mezbonligida o'tayotgan ushbu musobaqaning sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollaridan iborat. Har ikki tennischimiz ham hozirgina asosiy to'rning ilk uchrashuvini o'tkazishdi.
Afsuski, ularning har ikkisi ham birinchi davrada mag'lubiyatga uchrashdi. Umarova 2 soatu 1 daqiqa davom etgan bahsda britaniyalik Mirabell N`jozega 6:7(2), 5:7 hisobida yutqazib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar