So’nggi yangiliklar

20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0

18 iyu 10:13
Yangiliklar

Kamondan otish, Parij-2024

Kamonchi Amirxon Sodiqov: "Bunga ishonmagan edim"

Teglar :  Amirxon Sodiqov
Xabar berganimizdek, mamlakatimiz tarixida ilk bor Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan kamondan otish bo'yicha terma jamoamiz Parij shahrida Olimpiadaga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Amirxon Sodiqov va Ziyodaxon Abdusattorova murabbiylar shtabi bilan to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi oldidan yakuniy o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazmoqda. Masuliyatli start oldidan Amirxon Sodiqovning fikrlari bilan o'rtoqlashamiz:

– Licenzion musobaqadan avval Parij-2024 yo'llanmasini qo'lga kiritishingizga ishonganmidingiz?

– To'g'risi, ishongandim. Boisi davlatimiz tomonidan bizga yaratib berilgan ajoyib sharoitlarga munosib javob berishimiz kerak edi. Murabbiylarimiz bilan uzoq vaqt tayyorgarlik ko'rdik, o'z ustimda ishladim. Qolaversa, licenzion turnirdan avval Koreya Respublikasida o'tgan Jahon kubogida Ziyodaxon Abdusattorova bilan bronza medalini qo'lga kiritganim yanada kuch bag'ishladi.

– Bo'lajak Olimpiadadan nimalar kutyapsiz?

– Birinchi bor Olimpiadada qatnashayotganimiz sababli ozroq hayajon bor. Unda boshqa sport turlaridagi yurtimizning eng kuchli atletlari bilan O'zbekiston sharafini himoya qilish o'zgacha faxr beradi. O'z oldimga katta maqsadlarni qo'yganman. Nasib qilsa, unda munosib ishtirok etib, yurtimizga yorug' yuz bilan qaytamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing