03 may 12:56
Yangiliklar
Kamondan otish
Kamondan otish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi SHarqiy Osiyo safariga yo'l oldi
5-10 may kunlari Xitoyning SHanxay shahrida kamondan otish bo'yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichi bo'lib o'tadi.
Mazkur musobaqada qatnashadigan O'zbekiston terma jamoasi Xitoyga jo'nab ketdi.
Jamoamiz ushbu turnirdan keyin Janubiy Koreyaning Inchxon shahriga uchib ketadi. U erda sportchilarimiz qisqa o'quv-mashg'ulot yig'inida qatnashib, “Gyeyang Open” turnirda ishtirok etishadi.
Terma jamoamiz yo'l olgan tarkib:
Amirxon Sodiqov
Bekzod Boborajabov
Muhammadqodir Ergashev
O'tkirjon Hoshimov
Ziyodaxon Abdusattorova
Nilufar Hamroeva
Diana Fotihova
Sabina Jo'raqulova

Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar