So’nggi yangiliklar

19:10Ўзбекистонлик ҳакамлар ОЧЛ-2 доирасидаги баҳсни бошқаради 0 18:47Доғистон - Ирландия! Хабиб ва Конор PFL'да ўзаро тўқнаш келишадими? 0 18:24Усик Фьюри билан жанг ҳақида: "Бир ой қолди" 0 18:01Йўғе?! Жейк Пол акаси Логан билан жанг қилишга тайёрлигини айтди 0 17:39"Кимгадир ёқар лола, ким атиргул шайдоси". Дунё юлдузлари қайси жамоаларга мухлислик қилади? 0 17:17UFC 309 турнирида жанг қилган юлдузлар қанча муддатга тиббий дисквалификация олгани маълум 0 16:54Пол Тайсон билан жангда 90 миллион ишлаб олгани ҳақидаги миш-мишларга жавоб берди 0 16:25Катталар ўртасидаги Ўзбекистон чемпионатининг илк кунги саралаш баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:04Сан-Марино терма жамоаси ЖЧ-2026га йўл олиши мумкин. Қандай қилиб?! 0 15:43IBF'нинг янгиланган рейтингида бир нафар боксчимиз қолди 0 15:22"Мераб Умар билан жангдан қочмоқда" - Петр Ян 0 15:01Ҳумоюн Султонов Калабурагида 1/4 финалга чиқди 0 14:40Клопп фаолиятини умуман кутилмаган жамоада давом эттириши мумкин 0 14:19Тайсон - Пол жангида рекорд ўрнатилди - Netflix 0 13:58"Нурмагомедов чемпионлик жангига лойиқ эмас" - Петр Ян 0

01 fev 19:20
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Kanada fuqaroligiga ega, lekin Rossiyani vatan deb biladigan Artur Beterbievni Xabib bilan adashtirib yuborishadi!

Monrealda uni Xabib va ​​Ovechkin bilan adashtirib yuborishadi.

Artur Beterbiev Olimpiadada Rossiya bayrog'i ostida jang qilgan (u erda 2012 yilda Aleksandr Usikka yutqazgan), ammo Kanadada professional karerasini qurgan va Kanada fuqaroligini olgan.

U Kanadaga qanday etib bordi? Monrealdagi hayot qanday? Ko'chib o'tish uning faoliyatiga qanday tasir qildi?


SHartnoma bo'yicha Kanadaga ko'chib o'tish shart: Beterbiev 10 yildan beri u erda yashaydi, ammo faoliyatini tugatgandan so'ng u Rossiyaga qaytmoqchi

Artur Beterbiev Xasavyurtda tug'ilgan, ammo 2013 yilda Kanadaga ko'chib o'tgan. Keyin u professional faoliyatini boshladi. Rus nashriga bergan intervyusida Beterbiev o'sha paytda unga Germaniya, AQSH va Kanadadan hamkorlik takliflari bo'lganini aytdi: «Kanadaliklar qatiyatliroq bo'lib, kelib, biroz yashab ko'rishni so'rashdi». U rozi bo'ldi.

«Men u erga bordim, uch oy yashadim, mashg'ulot o'tadim. Hozir men bilan bo'lgan murabbiy Mark Remzi bir qancha sinovlarni o'tkazdi va meni vaznimdagi kuchli o'ntalikka kirgan bokschilar bilan sparringga qo'ydi. Jan Paskal, Eleyder Alvares bor edi - men shu yigitlardan boshladim.

Jarayonlar menga yoqdi. Bu 2013 yil edi, murabbiy meni 2007 yil - CHikagodagi jahon chempionatidan beri kuzatib kelayotganini aytdi. Birga ishlashni boshladik, hozirgacha ishlayapmiz. Kanadaga kelganlar bilan bitim imzolamadik. Bazi tushunmovchiliklar yuz berdi, men manfaatli bo'ladiganlar bilan shartnoma tuzdim».


Monrealga ko'chib o'tish - bu karera qilish uchun strategik harakat

Beterbievning dastlabki 10 ta jangidan to'qqiztasi Kanada shaharlarida bo'lib o'tgan va shartnoma bo'yicha ko'chib o'tish shart edi: «Agar bunday band bo'lmaganida, men u erga mashg'ulot o'tkazish uchun borishim mumkin edi. Ehtimol, ikkinchi variant men uchun yaxshiroq bo'lar edi. Axir men Kanadada soliq to'layman, bu juda katta summa».

2017 yilda Beterbiev Bob Arumning Top Rank promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Bundan oldin u sobiq promouter Ivon Mishelni sudga berdi va yutqazdi. 2022 yilning yozida u Top Rank bilan shartnomasi yana uch yilga uzaytirilganini aytdi. Rossiyalik bokschilar reytingdan chetlashtirilgach, Arum Beterbievni himoya qilib, u Rossiyaga tegishli emasligini aytdi.

«Bob Arum keksa odam, lekin u ajoyib, bazida men unga hayron qolaman. Masalan, matbuot anjumanida bokschi haqida kichik tafsilotlarni aytib berishi mumkin. U kompaniya rahbari, Muhammad Ali uchun janglar uyushtirgan odam. Men uning aytganlarini jiddiy qabul qilmayman. U yoki men aytgan gaplar chetda qoladi. SHartnomada hamma narsa aniq.  SHartnoma - va jangga tayyorlaning».


Beterbievning Kanadada yashash uchun ruxsatnomasi bor, ammo faoliyatini yakunlaganidan keyin Rossiyaga qaytishni rejalashtirmoqda, uni Kanadada Xabib bilan adashtirib qo'yishadi

U Grozniyning faxriy rezidenti hisoblanadi va CHecheniston rahbari Ramzan Kadirov bilan do'st. Faoliyatining boshida Beterbiev Gudermesdagi turnirda g'olib chiqqanida, Kadirov unga: «Sen Olimpiada chempioni bo'lasan», degandi. G'alaba unga 100 ming rubl va VAZ 21099 avtomobilini olib keldi. 2021 yilda Markus Braun ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng Beterbiev Kadirovdan «Mercedes» oldi.

Beterbievlar oilasi uchun Kanadadagi boshlang'ich davr qiyin kechdi: ular til bilmaslik va yangi muhit bilan bog'liq edi. «Kanada ham AQSH kabi muhojirlar mamlakati. Men Kvebek - francuzlar provinciyasida yashayman. U erda vatandosh bilan uchrashish hindu bilan uchrashganga o'xshaydi», - dedi Beterbiev. Uning kuzatishlariga ko'ra, AQSHda policiya Kanadaga qaraganda qattiqroq.

«Ammo keyin oilamdagilar asta-sekin joylasha boshladilar. Tanishlar paydo bo'ldi, bolalar bog'chaga borishdi, francuz va ingliz tillarida gaplasha boshladilar. Menga osonroq bo'lsa kerak. Dunyoning istalgan nuqtasidagi boks zali men uchun tanish. Men hatto kosmosdagi boks zalida ham o'zimni yaxshi his qilaman, deb o'ylayman», deb eslaydi Beterbiev.

Asta-sekin u ingliz va francuz tillarini yaxshiladi: «Endi men ingliz tilida intervyu beraman, lekin men o'zimni odatiy inglizlardek gapiraman, deya olmayman. Lekin men bir kun kelib, chet tillarini o'rganishga kirishishimga ishonishdan to'xtamayman. Ingliz tili ish va muloqot uchun zarur. Va menga francuz tili ham juda yoqadi».

Beterbiev bilan birga onasi Kanadaga ko'chib o'tdi. Uning to'rt farzandi bor - ikkitasi Kanadada tug'ilgan. Ular Monrealdagi rus maktabida o'qiydilar: «Albatta, men ularni o'z ona (chechen) tillarida ko'proq va yaxshiroq gapirishlari uchun tashabbus ko'rsataman, lekin ular rus tilida ham gapirishadi. Ular u erda shanba kuni rus maktabiga boradilar, francuz tilida gaplashadilar. Siz qaysi hududda ekanligingizga qarab francuz yoki ingliz tilida gapirishingiz mumkin».

Ko'chalarda uni ko'pincha Xabib Nurmagomedov va Aleksandr Ovechkin bilan adashtirib yuborishadi: «CHunki Ovechkinning ham soqoli bor. Ammo odamlar Xabib bilan solishtirganda Ovechkinga kamroq adashtirishadi.

So'nggi vaqtlarda mendan «Sen Xabibmisan» emas, «Sen Artur Beterbievmisan» deb so'rashsa ham xursand bo'laman».


2022 yilda Beterbiev Kanada fuqaroligini oldi, 2016 yilgi Olimpiadada Kanada nomidan chiqishi mumkin edi

2022 yil iyun oyida Beterbiev kichik Jo Smitga qarshi WBC, IBF va WBO yo'nalishlari bo'yicha jahon chempionligi uchun jang o'tkazdi va g'alabali seriyani uzaytirdi: 18 g'alabadan 18 tasi – barchasi nokaut. Bungacha u Kanada fuqaroligini oldi va ringga Rossiya emas, Kanada bayrog'i ostida chiqdi. Bu tashkilotchilarning talabi edi:

«Malum bo'lishicha, Kanada fuqaroligi yo'qligi sababli menda malum muammolar bor edi va men butun jamoamni tushkunlikka tushirdim. CHecheniston Respublikasi va Rossiya boks federaciyasi rahbariyati bilan gaplashdim va hamma meni qo'llab-quvvatladi. Agar ular buni qilishning hojati yo'qligini aytishganida, menga va Rossiyaga chempionlik kamarini olib kelgan kichik Smit bilan jangim ro'y bermagan bo'lardi. CHunki menga Kanada fuqaroligi bo'lmasa, bu jang hech qachon bo'lmasligini aniq aytishgan. Va men buni qilishga majbur bo'ldim».

Bayroq bilan birga "Axmat" klubi ko'krak nishoni ham taqiqlangan edi: «Menga barcha bayroqlar, hamma narsa taqiqlanganligini aytishdi. Tashkilotchilarning o'zlari esa Smit bilan jang oldidan video va hujjatli film suratga olishganda, hamma joyda "Axmat" futbolkasi, logotiplar, Rossiya bayrog'i bor edi. Ko'rinib turibdiki, hozircha buning iloji yo'q».

Beterbievning so'zlariga ko'ra, tashkilotchilar uning jangiga to'sqinlik qilib, kamarlardan mahrum qilishlari mumkin edi, shuning uchun u talablarga rozi bo'ldi: «Ko'rdingizmi, Kanadada  mening murabbiylarim bor, katta jamoa. Va siz jamoa bilan ishlaganingizda, «men buni o'sha erda xohlayman, lekin u erda xohlamayman»  degan tarzda biror ish qila olmaysiz. Bugun boks mening daromadim ekanligini tushunaman. Men ushbu sport orqali pul ishlayman va shunga mos ravishda boks tushishim, ishlashim kerak».

WBC prezidenti Maurisio Sulayman Beterbievning ishini rossiyalik bokschilarning diskvalifikaciyasi fonidan tashqarida deb atadi: «Beterbiev Kanada fuqaroligiga ega, u 15 yildan beri Kanadada yashaydi. Uning farzandlari u erda tug'ilgan, ularda Kanada pasporti bor. Beterbiev Kanada boks licenziyasiga ega. SHuning uchun biz uni ushbu scenariydan tashqarida ko'rib chiqamiz».

Beterbievning tushuntirishicha, fuqarolikni olish Kanada qonunlariga rioya qilish va barqaror ish joyini kafolatlash demakdir. SHuning uchun u viza olishda kamroq muammolarga duch keladi. SHu bilan birga, Beterbiev bazi janglar oldidan tayyorgarlikning bir qismini Rossiyada o'tkazdi (masalan, Kislovodskda). U Moskvadagi birinchi va yagona jangini 2021 yilda Adam Dinesga qarshi o'tkazgan.


«Men rossiyalik bokschi bo'lganman va shunday bo'lib qolaman»

Beterbiev 2016 yildagi Olimpiya o'yinlarida qatnashish uchun Kanada fuqaroligini olishi mumkin edi. Uning roziligi bilan pasport olish uchun bir hafta kerak bo'lardi: "Ular shunchaki professional bokschilar Olimpiya o'yinlarida qatnashishi mumkinligini aytishdi, Rossiya boks federaciyasida esa mening ishtirok etishimga hech kim qiziqmadi.

Hammasi allaqachon tayyor edi - va professional jangdan so'ng men Olimpiya o'yinlari uchun qandaydir saralash turniriga borishim kerak edi, ammo keyin barcha yirik boks tashkilotlari Olimpiadaga boradigan bokschilarga nisbatan sankciyalar qo'yishlarini aytishdi. Bunday sharoitda men taklifni rad etishga majbur bo'ldim.

2019 yilda Beterbiev Aleksandr Gvozdik bilan jang qilgan. Efir vaqtida uning ismi yonida Rossiya bayrog'i o'rniga Kanada bayrog'i paydo bo'ldi. Bokschi shunday xotirlaydi:

«Men bu vaziyatni nazorat qila olmadim, chunki o'sha paytda men ringga edim (kuladi). Lekin mening yonimda ular Rossiya bayroqlarini ko'tarib turishgan. Eng muhimi shu. Televidenieda nima uchun bunday qilinganini bilmayman. Aytishlaricha, boshqa barcha eshittirishlarda Rossiya bayrog'i yonib turardi».

Beterbievning o'zi Rossiyani vatan deb hisoblaydi: «Men 28 yildan ortiq vaqt davomida boks ichida bo'ldim va butun faoliyatimning asosiy qismida men rossiyalik bokschi bo'lganman va shunday bo'lib qolaman. Faqat bir marta - u ham o'z xohishim bilan emas, boshqa bayroq ostida ringga chiqishga majbur bo'ldim. Xo'sh, nima deb o'ylaysiz, rossiyalikmanmi yoki kanadalik?»


Sport.ru sayti asosida Sarvinoz Raxmonqulova tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing