03 avg 15:50
Yangiliklar
![](/upload/storage/2239_220.jpg)
Kandreva “Inter”ga o'tayotganini tasdiqladi
Bugun “Lacio” klubining 29 yoshli futbolchisi Milan shahriga etib keldi va tez orada tibbiy ko'rikdan o'tadi. SHundan so'ng, Antonio “Inter” bilan shartnoma imzolaydi.
Italiya matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko'ra, “Lacio” Kandreva uchun 22 mln evro oladi. SHuningdek, yana 3 mln evro miqdoridagi qo'shimcha bonusga ham ega bo'ladi.
“Men hamisha “Inter” safida to'p tepishni istardim. Ana shunday imkoniyat yuzaga kelganidan xursandman. Hali Roberto Manchini bilan gaplashdim. Forca Inter, tez orada ko'rishamiz”, - dedi Kandreva.
Malumot uchun, Antonio Kandreva 2012 yildan beri “Lacio” sharafini himoya qilib kelmoqda. O'tgan to'rt mavsum mobaynida yarim himoyachi Rim klubida 151ta uchrashuvda maydonga tushib, 41ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. Kandreva Italiya terma jamoasi safida 2009 yildan beri o'ynab keladi. Bu orada u 40ta o'yinda 4ta gol kiritdi.
Fikrlar