So’nggi yangiliklar

16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0

27 iyu 19:37
Yangiliklar

SHaxmat

Karantin cho'zildi, bu onlayn shaxmat musobaqasida qatnashish va Spark avtomobilini yutib olish imkoningizni oshiradi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi karantin davrida aholi orasida aql-zakovat sporti bo'lmish shaxmatni keng targ'ib etish maqsadida joriy yilning 20 iyulidan boshlab onlayn shaxmat musobaqasini elon qilgandi.

«Uyda qol – g'alaba qozon» shiori ostida o'tkazilayotgan ushbu shaxmat bo'yicha onlayn O'zbekiston musobaqasida qatnashish uchun shu kungacha 3 500 nafardan ortiq yurtdoshimiz CHESS.COM saytida «O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi» https://www.chess.com/club/uzbekiston-respublikasi... sahifa orqali ro'yxatdan o'tishgan. Biroq bu so'nggi chegara emas va musobaqada qatnashish istagidagi yurtdoshlarimiz bemalol, hozirning o'zida yuqorida ko'rsatilgan manzil orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

20 iyuldan start olgan shaxmat bo'yicha onlayn O'zbekiston musobaqasida har kuni o'rtacha 2 mingga yaqin shaxmatchi g'oliblik uchun o'zaro dona surishmoqda. Va har bir turnir yakuniga ko'ra eng kuchli 10 nafar shaxmatchi saralab olinmoqda. Ular esa shu yil 20 dekabr kuni Toshkentda o'tkaziladigan Grand Final g'olibligi va albatta «Spark» avtomobilini qo'lga kiritish uchun o'zaro bahslashadi.

SHoshiling, imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Karantin davrida shaxmat o'ynang hamda Yangi yilni yangi avtomobil bilan kutib oling!

Muhim elon: 24 iyul kuni CHESS.COM platformasida yuzaga kelgan texnik nosozliklar tufayli shaxmat bo'yicha onlayn O'zbekiston musobaqasida 5-turnir bahslari yakuniga etmay qoldi. SHu sababli 24 iyul kungi o'yin natijalari inobatga olinmaydi va mazkur turnir 30 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:00da boshlanadi.

Barchaga omad tilaymiz!


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing