So’nggi yangiliklar

12:34Конго ДР бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши ўйинда таваккал қилишимизга тўғри келади, чунки..." 0 12:03Шон О`Мэлли Оқ уйдаги жанги учун қанча гонорар олганини очиқлади 0 11:28Йен Мачадо Гэрри Эдди Хирн билан шартнома имзолади 0 10:56Топуриянинг мураббийи шогирдининг аҳволи ҳақида маълумот берди 0 10:31Анчелотти Бразилиянинг Шотландияни мағлуб этиб, плей-оффга йўлланма олганига изоҳ берди 0 09:48Теннис маликаларимизнинг ҳар иккиси Уимблдон финалида! 0 09:05"Бутун дунё бу жангни кўришни истайди". Оливейра Гэтжини реваншга чақирди 0 08:19"Махачев бу ҳақда гапирган эди". Кормье UFC'да нега америкалик бўлмаган жангчилар устунлик қилаётганини тушунтирди 0 19:06Бу оддий турнир эмас, бу Жаҳон чемпионати! 0 18:40"Кутяпмиз. Ҳозир кучли бешликдаман. Кейинги жанглар чемпионлик учун бўлиши ҳам мумкин" - Исроил Мадримов 0 18:17"Катта жанг устида ишлаяпмиз" - Иноуэ промоутери навбатдаги жангга ишора қилди 0 17:45Эрон терма жамоасига Мисрга қарши ўйиндан 2 кун олдин АҚШга киришга рухсат берилди 0 17:17Шоҳжаҳон Эргашевнинг кейинги рақиби собиқ жаҳон чемпиони бўлиши мумкин 0 16:41"Конорга қарши жанг қилишим керак эди, аммо у осон йўлни танлади" - Оливейра 0 16:07Андижонда ўтказиладиган Mangu 4 турнирининг марказий жанги расман эълон қилинди + ПОСТЕР 0

18 apr 18:31
Yangiliklar

Boshqalar

​Karantin davrida maxsus musobaqa: Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi kubogida ishtirok eting

Teglar :  Karantin
Xabaringiz bor, ayni kunlarda butun dunyo bo'ylab tarqalib borayotgan va inson salomatligi uchun katta xavf tug'dirayotgan koronavirus pandemiyasi mamlakatimizga ham kirib keldi.

 Joriy yilning 15 mart sanasida O'zbekistonda ilk bora koronavirusga chalinganlik holati qayd etildi. SHu munosabat bilan, 2020 yil 16 martdan boshlab O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi barcha talim muassasalari nomalum muddatga yopildi. SHuningdek, mamlakatimiz hududida sport musobaqalari va tadbirlari o'tkazilishi ham nomalum muddatga qoldirildi.

SHunday bo'lsada, aholi o'rtasida karantin davrida bo'sh vaqtlirni mazmunli tashkil etish borasida Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan viloyatdagi barcha karate ustalari uchun maxsus musobaqa tashkil etilmoqda.

Karatening “kata” yo'nalishi bo'yicha onlayn tarzda tashkil etilayotgan “Boshqarma kubogi” musobaqasi joriy yilning 20-26 aprel kunlari o'tkaziladi. Ushbu onlayn musobaqa Toshkent viloyati aholisining uy sharoitida sport bilan muntazam shug'ullanishni tashkil etishida muhim o'rin tutadi.

“Boshqarma kubogi”da yoshi va jinsidan qatiy nazar Toshkent viloyatining barcha aholisi ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchilar “kata” yo'nalishida nimalarga qodir ekanliklarini isbotlagan holda maxsus video orqali +998915081919, +998974426767 raqamlarining  telegram manzillariga jo'natishi zarur. Olingan video lavhada ishirokchi haqida to'liq malumot berilishi shart.

Jo'natilgan videolar musobaqa tashkiliy qo'mitasi azolari tomonidan ko'rib chiqiladi. Musobaqada ishtirok etib, 1-3 o'rinni egallaganlar Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi. 

1-o'rin: Mikroto'lqinli pech;
2-o'rin: Tefal suv qaynatish qurilmasi;
3-o'rin: Karate sport jihozi.

Aziz Toshkent viloyati aholisi, karantin davrini o'z uyingizda o'tkazgan holda sport bilan shug'ullaning va Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan tashkil etilayotgan onlayn musobaqalarda muntazam ishtirok etib, g'olib bo'ling!

Bu hali barchasi emas. Oldinda boshqa sport turlari bo'yicha ham qiziqarli onlayn musobaqalar sizni kutib turibdi.

Uyda qoling! Sport bilan shug'ullaning! Onlayn musobaqalarda ishtirok etib, g'olib bo'ling! Biz siz bilan koronavirusni engamiz!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing