So’nggi yangiliklar

13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0 10:47Ломаченко қайтмоқда! У мағлубият нималигини билмайдиган боксчига қарши жанг қилиши мумкин 0 10:11UFC 330 турнири иштирокчилари жанглардан қанча гонорар ишлаб олишгани маълум бўлди 0 09:39"Ланс" ПСЖни мағлуб этиб, Франция Суперкубоги соҳибига айланди 0 09:00Хабиб Махачевнинг кечаги ғалабасига илк бор муносабат билдирди 0 08:23Grand Chess Tour: Синдаров 6-турда пешқадамлардан бири Каруана билан ўйнади 0 07:57Махачев Гэрри билан тўқнашув ҳақида: "Бир неча сонияга "юлдузчалар" кўринди" 0 07:32"Башакшехир" мавсумни ғалаба билан бошлади, Шомуродовда гол, Файзуллаевда ассист + ВИДЕО 0 21:20Хабиб Дана Уайтнинг 102 кг вазнга эга экани ҳақидаги баёнотига жавоб қайтарди 0 20:56Рамазон Темиров: "Дуо қилиб туринглар!" + ФОТО 0

25 may 17:45
Yangiliklar

Boshqalar

Karantindan keyin sportchilarimizning yig'ini qanday tashkil qilinishi mavzusida seminar o'tkazildi

O'zbekiston taekvondo WT associaciyasida MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi (RSTIAM) tomonidan amaliy seminar tashkil etildi.


Mavzu - “O'zbekistonda epidemiologik vaziyat barqarorlashgandan so'ng 2021 yil Tokio shahrida (Yaponiya) bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini muvaffaqiyatli tayyorlash”.

Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti administraciyasi (O'zRPA) masul xodimi SHavkat Sultonov, MOQ prezidenti maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov, RSTIAM direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Abdushukur Sadikov, yurtimizda faoliyat olib borayotgan Olimpiya sport turlari bo'yicha federaciyalarning Bosh kotiblari, terma jamoa murabbiylari va sport shifokorlari ishtirok etishdi. Takidlash joiz, mazkur uchrashuvda qatnashgan barcha mutasaddilar ijtimoiy masofa va shaxsiy gigiena qoidalariga qatiy amal qilishdi va seminar ikki qismda tashkil etildi.

 

Dastlab RSTIAM shifokori Tatyana Taralyova O'zbekiston taekvondo associaciyasi misolida COVID-19 infekciyasining tarqalishini oldini olish, federaciya hududida olib borilgan ishlar to'g'risida malumot berdi. So'ng RSTIAM davolash ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Dilshod Mahmudov koronavirus infekciyasiga qarshi kurash bo'yicha hukumatimiz tomonidan chiqarilgan tegishli qarorlar, sportchilarimizni bo'lajak Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tayyorlash bo'yicha markaz tomonidan ishlab chiqilgan “Yo'l xaritasi” haqida tushuntirish berdi.


SHuningdek, seminar davomida RSTIAM direktori Abdushukur Sadikov mamlakatimizda elon qilingan karantin bekor qilingach terma jamoa sportchilarining o'quv-yig'in mashg'ulotlarini qanday olib borishi haqida to'xtalib o'tdi.

Seminar qatnashchilari o'z ishlarini taqdim qilgach, yig'ilish yakunigacha mutaxassislar ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berib o'tishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing