So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

28 fev 12:20
Yangiliklar

Karate

Karate. O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi Sevinch Raximova bilan intervyu

Teglar :  Karate
Navbatdagi suhbat karatechi qizimiz Sevinch Raximova bilan bo'lib o'tdi.

- Karatedagi faoliyatingizni qachon boshlagansiz va birinchi murabbiyingiz kim bo'lgan?

- Maktab paytlarimdan yani 2013-yildan boshlab karate bilan muntazam shug'ullanib kelaman. 

Birinchi murabbiyim Sulaymon Yusupov. U kishidan juda minnatdorman, ularning o'rgatganlari tufayli mana shu darajagacha etib keldim. 



- Qiziq,  nima uchun badiiy gimnastika emas, umuman, nega aynan karate?

- Menga yakkakurash sport turlari juda yoqadi. O'zi birinchi qatnashgan sport turim aynan sport gimnastikasi bo'lgan. Keyin murabbiyim xorijga ketib qolgandi. Biroz vaqt o'tgach, karatega o'tib ketishga to'g'ri kelgan. 


- O'zbekiston terma jamoasi safiga qo'shilish qiyin kechmadimi? 

- Bu yo'lda ko'p mehnat qildim deya olaman. Yurtimizdagi turnirlar va xalqaro musobaqalarda sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritib kelmoqdaman.  SHu yutuqlar orqali murabbiylar etiboriga tushdim va termaga jalb qilindim. 



- 2019 yil Toshkentda o'tkazilgan Osiyo chempionatida 2-o'rinni qo'lga kiritgansiz. CHempion bo'la olmaganingizga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz?

- Osiy chempionati shu paytgacha men qatnashgan eng yirik musobaqa sanaladi. Bundan tashqari, raqibim ham kuchli edi. SHu faktorlar asosiy sabablar bo'lsa kerak. Lekin, Osiyo chempionati orqali Olimpiada reyting ballariga ega bo'ldim. SHu tufayli Premer-liga bahslarida ishtirok etishga muyassar bo'lmoqdaman. 


- Yurtimizda aksariyat ota-onalar o'z qizlarini yakkakurash sport turlariga berishni istashmaydi...

- Yo'q, qarshilik qilishmagan. Otamning o'zlari sobiq boks murabbiyi. Sport gimnastikasidan tashqari, aynan boks bilan ham shug'ullanganman, lekin baribir karatega qiziqish kuchlilik qilgani bois aynan shu sportga kirib keldim.  

- Qiynalgan paytlaringizda karateni tashlab ketish niyati xayolga kelmaganmi?

- Musobaqalarda oxirida mag'lub bo'lish menga yoqmasdi. O'zbekiston chempionati finallarida ko'p yutqazib qo'yganman. Siz aytgan holatlar sodir bo'lgan, albatta. Ammo, sportda hech qachon taslim bo'lmaslik lozim. Agar Osiyo chempionati saralashida finalda engilsam, ketaman deb xayol qilganman, ammo shukrki, Osiyo chempionati saralashida 1-o'rinni oldim. Endilikda oldimda turgan maqsad Tokio Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritishdir.  


SHerzod Nurmatov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing