So’nggi yangiliklar

17:32Жаҳон кубоги. Финал чиптаси учун кечаётган ўзбек дербисининг иккинчи партияси ўтказилди 0 17:11Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Кореяга имкониятни бой берди 0 16:50Павел Дуров Хабибнинг машҳур папахалари кимошди савдосига қўйилишини маълум қилди 0 16:29Ўзбекистонлик ёш шахматчи Осиё чемпиони бўлди 0 16:08Пётр Ян реванш мақомидаги чемпионлик жанги учун АҚШга йўл олди + ФОТО 0 15:47"Лига кучайиб қолмади": Ла Лига президенти Саудия Арабистони чемпионатини танқид қилди 0 15:26"Ҳумо" Бишкек клубини 16:1 ҳисобида мағлуб этди 0 15:05Дэн Хукер Арман Царукян жароҳат олганини айтмоқда + ФОТО 0 14:44Жорж Сент-Пьерр: "Чимаевни тўхтатиб бўлмайдиганга ўхшаяпти" 0 14:23"Барселона" ва ПСЖ УEФА томонидан муаммога учради. Нима бўлди? 0 14:01Мария Шарапова Уимблдон чемпионлги билан қайси ғалабасини тенг қўйиши мумкинлигини айтди 0 13:40Крис Вайдмен сафдан чиқди, Андерсон Сильвага янги рақиб берилди 0 13:19Қойил! Усик Энтони Жошуани Жейк Пол билан жангга тайёрлайди 0 12:58"Қизилқум" "Нефтчи"ни ютса, ҳар бир футболчи 40 миллион сўмдан олади 0 12:37Камару Усман Фрэнсис Нганнуни ҳимоя қилди 0

26 jan 14:43
Yangiliklar

Futbol

"Kardiff" Sala agentlarini sudga bermoqchi

Teglar :  UelsKardiffSala
"Kardiff Siti" Emiliano Salaning agentlari bilan sudlashishni rejalashtirmoqda.

Bir necha kun oldin Sala o'tirgan samolyot yo'qolib qoldi va hozirgacha topilmadi. "Kardiff" baxtsiz voqealar uchun sug'urtadan foydalanganiga qaramay, 28 yoshli futbolchi transferidan 14 mln. evro yo'qotadi.

Agentlarga to'lov miqdori (2,5 mln. evro) va Salaning 3 yillik shartnomasi 30 mln. funtga baholanmoqda. Sug'urta kompaniyasi 16 mln. evro miqdorida pul to'lashi mumkin.

Samolyot yo'qolishi sabablari aniqlanmagunicha "Kardiff" "Nant"ga o'tkazishi kerak bo'lgan pullarni muzlatib qo'ydi.

"Kardiff" beparvolik tufayli agentlarni sudga bermoqchi. Sala La-Manshni 1984 yilda ishlab chiqarilgan bir motorlik samolyotda uchib o'tishga harakat qilgan, bu esa klubdagilarni g'azablantirmoqda. Havo kemasi rulida esa licenziyaga ega bo'lmagan uchuvchi bo'lgan.

Salaning Kardiffdan Nantga va keyin ortga qaytishi agentlar tomonidan tashkillashtirilgan.

"Kardiff" "Nant"ga transfer uchun 20 mln. evro hamda klub APLda jon saqlab qolgani uchun 3 mln. evro to'lashi kerak. Barcha hujjatlar FA va FIFAga yuborildi. Hujjatlar tekshirilganidan so'ng uelsliklar pullarni o'tkazib berishi kerak bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing