22 okt 10:41
Yangiliklar
Tennis
Karen Xachanov Kreml Kubogi sohibiga aylandi
Rossiyalik tennischi Karen Xachanov Moskvada yakunlangan Kreml Kubogi bosh sovrinini begona qilmadi.
Dunyoning 26-raketkasi bo'lgan Xachanov hal qiluvchi final uchrashuvida franciyalik Adrian Mannarinodan ustun keldi - 6/2, 6/2. Final 54 daqiqagina davom etdi.
Bu 22 yoshli Xachanov uchun faoliyatidagi uchinchi sovrin bo'ldi. Kreml Kubogidagi muvaffaqiyatli ishtirok Xachanovga 152 785 dollar mukofot puli hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar