27 okt 12:56
Yangiliklar
Karimov SHenchjendagi turnirda kortga chiqdi
Sovrin jamg'armasin 75 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqada ikki istedodli tennischimiz - Jo'rabek Karimov va Humoyun Sultonov yurtimiz sport sharafini himoya qilmoqda.
Sultonov saralashning ilk davrasida gollandiyalik Nisten Miliaanga qarshi kortga chiqib, raqibini ortiqcha qiyinchiliksiz 6/1, 6/2 hisobida taslim etgani haqida malumot bergan edik. Jo'rabek birinchi bosqichdayoq mag'lubiyatga uchrab, o'z ishtirokini to'xtatishga majbur bo'ldi.
Aniqrog'i, Karimov xorvatiyalik Matej Sabanovga qarshi kechgan uchrashuvni oxiriga etkaza olmadi. Birinchi setni 6:2 hisobida o'z foydasiga hal qilgan Jo'rabek ikkinchi setning to'rtinchi geymidan so'ng jarohati sabab kurashni davom ettira olmasligini bildirdi.
Fikrlar