11 fev 14:30
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/322431_220.jpg)
Karlo Anchelotti: "Gvardiolaga qarshi o'yinlarga tayyorlanish - dahshat"
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ECHL doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o'yindan avval Pep Gvardiol haqida fikr bildirdi.
"U zamonaviy futbolga yangilik olib kirgan insonlardan biri. Men Pepni qattiq hurmat qilaman va uni agar dunyoning eng yaxshisi bo'lmasa, eng yaxshilaridan biri deb hisoblayman. Unga qarshi o'ynash, bu bellashuvlarga tayyorlanish – bu doimo dahshat. CHunki unda sizni hayron qoldiradigan g'oya doim topiladi.
Eslatib o'tamiz, jamoalarning birinchi to'qnashuvi bugun tunda Angliyada bo'lib o'tadi. Javob bahsi esa 19 fevral Madridda.
Havola :
Manba : Marca
Fikrlar