08 fev 11:44
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/322112_220.jpg)
Karlos Alkaraz bosh sovrin uchun kurashni davom ettirmoqda
Niderlandiyaning Rotterdam shahrida tennis bo'yicha ATP 500 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Dunyoning uchinchi raketkasi Karlos Alkaraz 1/4 finalda reytingning 44-pog'onasida borayotgan vatandoshi Pedro Martinesga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6/2, 6/1. Ispaniyalik tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yiriklashdi - 4:0.
Etmish ikki daqiqa davom etgan bahsda Alkaraz 7 ta eys va 5 ta breykka erishib, 2 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Endi u final chiptasi uchun rossiyalik Andrey Rublyovdan ustun kelgan polshalik Xubert Gurkachga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar